Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Maxsus harbiy operatsiya barcha maqsadlarga erishguncha davom ettiriladi – Peskov

Agar imkoniyat paydo bo‘lsa, Moskva jarayonni diplomatik yo‘nalishga o‘zgartirishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Rossiya maxsus harbiy operatsiyani barcha maqsadlarga erishguncha davom ettiradi, biroq agar imkoniyat bo‘lsa, jarayonni diplomatik yo‘nalishga o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Maxsus harbiy operatsiyasini barcha qo‘yilgan maqsadlar va vazifalarga erishishgacha davom ettirish uchun barcha ish qilinadi”, - dedi Kreml vakili jurnalistlarga.
Biroq Peskovning qo‘shimcha qilishicha, agar jarayonni siyosiy-diplomatik yo‘nalishga o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘lsa, bu ham bajariladi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
YeI sabab Ukrainada tinchlik o‘rnatishga erishilmayapti – Orban