TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo mamlakatlar 2030-yilga borib umumiy birja tovar bozoriga ega bo‘ladi. Bu haqda Moskvada o‘tkazilgan "Rossiya energetika haftaligi" xalqaro forumida YeIK Raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish vaziri Maksim Yermolovich ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda YeOIIga a’zo davlatlar vakillaridan iborat Birja qo‘mitasi tuziladi. Kuzatuvchilar sifatida O‘zbekiston va Eron birjalarini taklif etish rejalashtirilmoqda.
Hozirda YeIKning vazifasi keng ro‘yxatdagi birja tovarlariga narx ko‘rsatkichlarini shakllantirish bo‘yicha birlashmada umumiy tamoyillar va yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat ekanligini vazir qo‘shimcha qildi.
"Yoqilg‘i-energetika kompleksining barcha turdagi tovarlarini umumiy birja tovar bozoriga kiritish to‘g‘risidagi munozara qayta tiklanishi lozim”, — dedi Yermolovich.
Uning ta’kidlashicha, yoqilg‘i-energetika kompleksi tovarlariga narx ko‘rsatkichlarini belgilash barcha a’zo davlatlar milliy iqtisodiyotlarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Avvalroq Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Volvach YeOII umumiy birja tovar bozori integratsiya kun tartibining barcha yo‘nalishlarini o‘zgartirib yuborishini aytgan edi.