TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Yevropa Ittifoqi yetakchilari Vladimir Zelenskiyni harbiy harakatlarni davom ettirishga gijgijlayotgani sabab Ukrainada tinchlik o‘rnatishga erishilmayapti. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar yevropaliklar “Zelenskiyni doim parda ortida gijgijlamaganda”, AQSh prezidenti Donald Trapm allaqachon sulh tuzgan bo‘lardi.
“Agar yevropaliklar Tramp siyosatiga qarshi chiqishmaganda, biz, yevropaliklar, amerikaliklar bilan bir qayiqda bo‘lganimizda, tinchlik bo‘lgan bo‘lardi. Biroq Yevropa yetakchilar urushni davom ettirishni xohlashadi”, - dedi Orban “Mandiner” portaliga bergan intervyusida.
Vengriya bosh vazirining fikricha, Brusselning aniq harbiy pozitsiyasi, strategiyasi va rejalari bor. Bu haqda oshkora aytishmoqda hamda AQSh prezidentini tinchlikdan urushni davom ettirish tomonga og‘dirish uchun ish olib borilmoqda.
“Agar G‘arb birlashganda, Rossiya-Ukraina frontida allaqachon tinchlik bo‘lgan bo‘lardi”, - deya hisoblaydi Orban.