Afg‘oniston tadbirkorlari uchun viza olish yengillashtirilishi mumkin

Qobul va Toshkentda (yoki Mozori Sharif va Termiz)da har yili qo‘shma savdo ko‘rgazmalarini o‘tkazish mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 15 okt – Sputnik. Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov Afg‘oniston Savdo va investitsiyalar palatasi (ACCI) raisi o‘rinbosari janob Ariyan Azimiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, xususiy sektorlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda o‘zaro investitsiyalarni rag‘batlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda quyidagi tashabbuslar ilgari surildi:
har chorakda Toshkent, Qobul, Termiz va Balx shaharlarida uchrashuvlar tashkil etish;
ACCI vakolatxonasini Toshkentda ochish orqali investitsion aloqalarni kuchaytirish;
Afg‘oniston tadbirkorlari uchun biznes vizalarini soddalashtirish va taklifnoma olish jarayonini yengillashtirish;
Termiz portida yuk tashish jarayonlarini tezlashtirish va bojxona tartib-taomillarini optimallashtirish;
har yili Qobul va Toshkent (yoki Mozori Sharif va Termiz)da qo‘shma savdo ko‘rgazmalarini o‘tkazish.
Tomonlar ushbu tashabbuslarni amalga oshirish ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmini oshirish, yangi investitsiya loyihalarini yo‘lga qo‘yish va xususiy sektorlar hamkorligini yanada faollashtirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.
O‘zbekiston-Afg‘oniston savdo va logistika qo‘shma korxonasi tashkil etildi