“Qo‘rqut ota” xalqaro kinofestivalida Yulduz Rajabova eng yaxshi aktrisa deb topildi

Turkiy xalqlarning “Qo‘rqut ota” kinofestivali bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlardan filmlar namoyish etildi.
Sputnik
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Qozog‘istonning Oqtov shahrida bo‘lib o‘tgan turkiy xalqlarning "Qo‘rqut ota" xalqaro kinofestivalida Yulduz Rajabova eng yaxshi aktrisa deb topildi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar bredi.
Festivalda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Vengriyadan rejissorlar, aktorlar hamda kino yulduzlari ishtirok etdi. Tadbir doirasida 50 tadan ziyod badiiy va hujjatli filmlar namoyish etildi.
O‘zbekiston delegatsiyasiga Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev rahbarlik qildi.
Festival davomida O‘zbekiston kino ustalari tomonidan suratga olingan "Bahorni quvib", "Jadid ma’rifati", "Vali G‘afurov", "Shamsiqamar", "Gol" va "Aktrisa" nomli filmlar taqdim etildi.
Festival yakunida eng yaxshi film, rejissor va aktor nominatsiyalarida yaxshilar aniqlandi. "Eng yaxshi aktrisa" nominatsiyasida O‘zbekiston vakilasi Yulduz Rajabova va turkiyalik aktrisa Mine Dogan g‘olib bo‘ldi.
Abdug‘appor Qo‘chqorov “Dunyoning yosh baleti” xalqaro musobaqasida uchinchi o‘rinni egalladi