Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Tramp Erdog‘an Ukraina mojarosini hal qilishda yordam berishi mumkin deb hisoblaydi

AQSh rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Erdog‘anni hurmat qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Ukraina mojarosini hal etishda yordam berishi mumkin. Amerika yetakchisi Donald Tramp shunday fikr bildirdi.
“Erdog‘an yordam berishi mumkin, uni Rossiya hurmat qiladi, Ukraina haqida men hech narsa deya olmayman, biroq Putin uni hurmat qiladi, va u (Turkiya prezidenti) mening do‘stim”, - dedi Tramp jurnalistlarning tegishli savoliga javob berayotib.
Oq uy rahbari juma kuni Vladimir Zelenskiyni qabul qilishini tasdiqlagan.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Istanbul muzokaralari jarayoni Kiyev aybi bilan to‘xtab qolgan – Peskov