O‘zbekiston milliy yakkakurash bo‘yicha Butunjahon o‘yinlarida ikkinchi o‘rinni egalladi

Milliy yakkakurash bo‘yicha II Butunjahon o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari ikkinchi o‘rinni oldi. Musobaqalar MMA, muaytay, aykido, kurash va boshqa turlar bo‘yicha o‘tkazildi
Sputnik
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Rossiyaning Chuvashiya Respublikasi Novocheboksarsk shahrida o‘tkazilgan milliy yakkakurash turlari bo‘yicha II Butunjahon o‘yinlarida O‘zbekiston ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Chuvash Respublikasi rahbari ma’muriyati matbuot xizmati xabar berdi.
5–12 oktabr kunlari davom etgan ushbu musobaqalarda 4,5 mingdan ortiq sportchi medallar uchun bahs olib bordi. Umumiy ishtirokchilar soni — sportchilar, murabbiylar, hakamlar va jamoa vakillarini qo‘shib hisoblaganda — qariyb 6 ming nafarni tashkil etdi.
Jamoaviy hisobda birinchi o‘rinni Rossiya, ikkinchi o‘rinni O‘zbekiston, uchinchi o‘rinni esa Qirg‘iziston jamoasi egalladi.
O‘yinlarda dunyo bo‘ylab 39 ta mamlakatdan kelgan sportchilar 17 ta yakkakurash turi bo‘yicha bellashdilar. Ular qatorida MMA (aralash jang san’ati), muaytay, kikboksing, aykido, belbog‘li kurash, kendo, kiokushin, “uchkur” (kazak boksi), koresh, qirg‘iz kurosh, kurash, sportning zamonaviy qilichbozlik yo‘nalishi, sport pichog‘i otish, shaxboks va boshqalar bor.
1 / 5
2 / 5
3 / 5
4 / 5
5 / 5
O‘zbekiston sportchilari III MDH o‘yinlarida to‘rtinchi o‘rinni egalladi