TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Birlashgan kurash dunyosi (UWW) prezidenti Nenad Lalovichning O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga tashrifi doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada izchil yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Sport vazirligi, MOQ va Sport kurashlari assotsiatsiyasi rahbariyati ishtirokida kechgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlikning yangi bosqichlari muhokama qilindi.
Suhbat davomida terma jamoalar uchun yanada qulayliklar yaratish, xalqaro tashkilotda o‘zbekistonlik mutaxassislarning sonini ko‘paytirish va ularning malakasini oshirish kabi mavzularga ham to‘xtalib o‘tildi.
Nenad Lalovich MOQning Martabali mehmonlar kitobiga o‘zining samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.
Shuningdek, u tadbir yakunida sentabr oyida Xorvatiyada o‘tgan jahon chempionatida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar hamda ularning murabbiylari bilan uchrashdi.
Vo vremya vizita prezidenta UWW v NOK Uzbekistana obsujdalos sotrudnichestvo
© Press-slujba NOK
Ularga davlat tomonidan tegishli pul mukofotlari topshirilib, jahon chempioni Aytjan Xalmaxanovga BYD avtomashinasi taqdim qilindi.
UWW — olimpiya sport turlaridan bo‘lgan yunon-rum kurashi, erkin kurash va ayollar kurashi xalqaro federatsiyasi. 2006-yildan buyon u greppling, pankration, sohilbo‘yi kurashi, aralash yakkakurashlar va etnosport - turli xalqlar kurashining an’anaviy turlarini ham namoyish etadi.