Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga tayyor – Peskov

Rossiya prezidenti matbuot kotibi ta’kidlashicha, YeI va Ukraina bu borada biror narsa qilishni istamayapti.
Sputnik
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Rossiya Ukrainadagi tinchlikka tayyor, AQSh prezidenti Donald Tramp ham bunga siyosiy irodasini saqlamoqda, biroq Kiyev va Yevropa bu yo‘nalishda biror narsa qilishga tayyor emas. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Rossiya tomoni biz tinch tartibga solishga tayyormiz deyishda davom etmoqda. Shuningdek, biz Tramp ham muzokaralar stoligi o‘tirish zarurligini tez-tez aytayotganini eshitapmiz. Va bundan xulosa qilish mumkinki, u baribir siyosiy irodasini saqlab qolmoqda”, - dedi Kreml vakili “Rossiya 1” jurnalisti Pavel Zarubinga bergan intervyusida.
Ammo, Peskovning qayd etishicha, yevropaliklar va Kiyev rejimi bu borada biror bir narsa qilishni mutlaqo istamasligini ko‘rsatmoqda.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Istanbul muzokaralari jarayoni Kiyev aybi bilan to‘xtab qolgan – Peskov