TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Rossiya takliflariga Ukrainaning munosabat bildirishni istamasligi Istanbuldagi muzokaralar jarayonini to‘xtatib qo‘ygan. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Istanbuldagi muzokaralar jarayoni hozir to‘xtab qolgan. U Kiyev rejimining br qo‘ygan masalalarga qandaydir javob berishni istamasligi sabab to‘xtab qolgan”, - dedi Kreml vakili “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida.
Peskovning ta’kidlanishicha, Ukraina tomoni Rossiya muzokarachilari bergan hujjat loyihasiga ham, Moskvaning ishchi guruh tashkil etish taklifiga ham javob qaytarmayapti.
Eslatamiz, Ukraina mojarosi bo‘yicha Istanbuldagi muzokaralar uch yillik tanaffusdan keyin Moskva tashabbus bilan qayta tiklangan edi. Jami uch marta uchrashuv o‘tkazildi.