O‘zbekiston va YeOII

YeOII doirasida Markaziy Osiyo uchun hamkorlik imkoniyatlari mavjud – Putin

Rossiya rahbari misol sifatida Yevroosiyo barqarorlashtirish va rivojlantirish jamg‘armasi MO davlatlari iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun bir mlrd dollardan ziyod mablag‘ ajratganini eslatdi.
Sputnik
TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) to‘laqonli a’zo bo‘lmagan Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ittifoq doirasida hamkorlik imkoniyatlarini ma’lum qildi.
“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi hamkorlik uchun mavjud imkoniyatlarni ta’kidlayman. Hatto unga to‘laqonli a’zo bo‘lmagan mamlakatlar uchun”, - dedi Putin Dushanbedagi “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammitida nutq so‘zlayotib.
Rossiya rahbari misol sifatida Yevroosiyo barqarorlashtirish va rivojlantirish jamg‘armasi Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun bir milliard dollardan ziyod mablag‘ ajratganini eslatdi.
"Ushbu mablag‘lar milliy budjetlar va to‘lov balanslarining barqarorligini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimini mustahkamlash uchun ishlatilishi mumkin", - deb tushuntirdi u.
Rossiya rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Yevroosiyo taraqqiyot banki allaqachon Markaziy Osiyoda 8,7 milliard dollarlik loyihalarni moliyalashtirgan.
"Bu xalqaro moliyaviy tuzilmalar yo‘nalishi bo‘yicha mintaqalarga ajratilgan barcha mablag‘larning uchdan biridan ko‘prog‘idir", - deb ta’kidladi Putin.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

Mirziyoyev: Rossiya biz uchun muhim sherik va ittifoqchi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi