TOShKENT, 10 okt – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Dushanbe shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
"Bugun Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etdik. Hamkasblarimiz bilan birgalikda MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, siyosiy, iqtisodiy, gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash bilan bog‘liq keng ko‘lamli masalalarni ko‘rib chiqdik"— deb yozdi Saidov o‘z Telegram-kanalida.
Muhokamalar yakunida Kengash MDH Davlat rahbarlari Kengashi yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladigan bir qator hujjatlar loyihalari ma’qullandi.