Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

Mirziyoyev "Markaziy Osiyo – Rossiya" formatidagi ikkinchi sammit hamda MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 9 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Mirziyoyev 9-10 oktabr kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo – Rossiya" formatidagi ikkinchi sammit hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Tadbirlar kun tartibidan ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.
Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonda bo‘ladi