TOShKENT, 8 okt – Sputnik. O‘zbekiston va Belarus ikkinchi ta’lim forumi doirasida zamonaviy texnologiyalar, ilmiy tadqiqotlar va yosh mutaxassislarning salohiyatini namoyon etuvchi bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Forum doirasida tashkil etilgan “Dron reysing” musobaqasi dron operatorlarining kasbiy mahoratini oshirish hamda ularning zamonaviy texnologiyalar sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar dronlar orqali tezlik va aniqlik bo‘yicha bellashdilar, bu esa texnik fikrlash va idrokni rivojlantirish uchun muhim tajriba bo‘ldi.
Sostoyalsya konkurs "Dron reysing" i vistavka innovatsionnix razrabotok
© Press-slujba Ministerstva visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy
Shu bilan birga, forum doirasida oliy va kasbiy ta’lim muassasalari olimlari, tadqiqotchilari va ixtirochilari o‘z ilg‘or ishlanmalari hamda innovatsion mahsulotlarini namoyish etdilar. Bu ko‘rgazma yoshlar uchun ilmiy g‘oyalar va raqamli yechimlar olami bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.
Mazkur tadbirlar ishtirokchilarga yangi g‘oyalar va innovatsion yondashuvlarni o‘rganish, tajriba va bilim almashish imkonini yaratib, yosh mutaxassislar hamda tadqiqotchilarning kreativ fikrlashini, ilmiy va texnologik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi.