AESlarda avariya xavfini baholash bo‘yicha yagona standart qabul qilindi

AESda xavfsizlik darajasini baholash va ehtimoliy avariyalarni oldini olish bo‘yicha talablar belgilandi. Hujjat AES bloklarida ehtimoliy xavfsizlik tahlilini o‘tkazish tartibini aniqlaydi.
Sputnik
TOShKENT, 8 okt – Sputnik. “Atom elektr stansiyasi blokining ehtimoliy xavfsizlik tahliliga qo‘yiladigan” asosiy talablar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3684-son, 08.10.2025 y). Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur asosiy talablar loyihalashtirilayotgan, barpo etilayotgan va foydalanilayotgan AES blokining ehtimoliy xavfsizlik tahliliga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Ehtimoliy xavfsizlik tahlili quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:
AES bloki xavfsizligining ehtimoliy ko‘rsatkichlarini hisoblash;
og‘ir avariyalar va katta avariyaviy tashlanmalar ehtimolini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan normativ chegaralar bilan taqqoslash;
AES bloki xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ustuvorliklarni belgilash;
AES bloki tizimlarini (elementlarini) modernizatsiya qilish tadbirlarining AES bloki xavfsizligiga ta’sirini baholash.
Ehtimoliy xavfsizlik tahlili natijalaridan quyidagi maqsadlarda foydalanilishi mumkin:
xavfsizlik uchun muhim bo‘lgan AES bloki tizimlarining ishonchliligini baholash;
nazorat va tekshiruv ishlarini rejalashtirish va baholash;
loyihaviy avariyalar uchun boshlang‘ich hodisalar ro‘yxatini asoslash;
loyihadan tashqari avariyalar ro‘yxatini asoslash.
️Ehtimoliy xavfsizlik tahlilini o‘tkazish uchun AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot mas’ul hisoblanadi.
O‘zbekiston Yadro zarari uchun javobgarlik to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga qo‘shildi