TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Sputnik multimedia matbuot markazida “Markaziy Osiyoda atom energetikasi rivojlanishi istiqbollari” mavzusida Moskva-Toshkent-Ostona videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir 9-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da boshlanadi.
Toshkentdagi ishtirokchilar:
“O‘zatom” huzuridagi AES qurilishi direksiyasi direktri o‘rinbosari Otabek Amanov;
“Ma’no” tadqiqot tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev.
Moskvada:
"Rosatom Mejdunarodnaya Set" bosh direktorining marketing va biznesni rivojlantirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Yegor Kvatkovskiy.
Ostonada:
Qozog‘iston yadro jamiyatining atom fanlari, energetikasi va sanoati faxriylari kengashi raisi Baurjan Ibrayev.
25-25 sentabr kunlari Moskvada Rossiya atom sohasining 80-yilligiga bag‘ishlangan “World Atomic Week” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. U atom va tegishli sohalarning kelajagini muhokama qilish uchun yetakchi ekspertlar, davlat idoralari, biznes va ilmiy hamjamiyat vakillarini birlashtirdi.
Ekspertlar quyidagilar haqida so‘zlab berishadi:
“World Atomic Week” xalqaro forumining asosiy yakunlari;
tadbirlar davomida erishilgan kelishuv va bitimlar;
yaqin yillarda atom sohasini rivojlantirish uchun yangi loyihalar va tashabbuslar.
Telefon: +998971907178
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri Alisher Akimboyev.