TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Rossiyaning Oltoy o‘lkasi Yoshlar siyosati va jamoatchilik rivojlanishi dasturlarini amalga oshirish boshqarmasi vakillaridan iborat delegatsiya amaliy safar bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.
Safar davomida O‘zbekiston va Oltoy o‘lkasi o‘rtasidagi yoshlar sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Shu jumladan, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va 2025-2026 yillar uchun hamkorlik "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Rossiya tomoni O‘zbekiston bilan talabalar ishtirokida qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlashdan manfaatdor.
Shuningdek, Rossiya delegatsiyasi Rus madaniyat markazida bo‘ladi va qadimiy Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishadi.
Safar 11-oktabrgacha davom etadi.