TOShKENT, 7 okt – Sputnik. 9 oktabr kuni Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari ikkinchi "Markaziy Osiyo - Rossiya" sammitini o‘tkazadi. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda davlat rahbarlari ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga doir keng ko‘lamli masalalarni, shuningdek, terrorizm, ekstremizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi va boshqa transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi harakatlarni muvofiqlashtirish chora-tadbirlarini muhokama qilishadi.
Sammit yakunida Yakuniy kommunike va Qo‘shma harakatlar rejasini qabul qilish rejalashtirilgan.