TOShKENT, 7 okt – Sputnik. “Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi habar berdi.
Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan chet el fuqarolarining daromadlarini soliqqa tortishning maxsus soliq rejimi joriy etiladi.
Ushbu rejim O‘zbekiston hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilishni nazarda tutadi.
Bu imtiyozdan foydalanish uchun chet el fuqarolari quyidagi shartlarga javob berishi lozim:
50 ming dollar miqdorida maxsus yig‘im to‘lash;
O‘zbekistondagi maxsus vakolatli tijorat bankida bank hisobvarag‘ini yoki maxsus vakolatli kripto-birjada kripto-hamon ochish.
Shuningdek, ketma-ket 12 oylik davrda kamida 30 kalendar kun O‘zbekiston hududida bo‘lgan va mamlakatda turar joy ko‘chmas mulkiga egalik qiluvchi yoki ijara asosida yashovchi chet elliklar O‘zbekistonning soliq rezidentlari deb e’tirof etiladi.