TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan CAVA WOMEN’S VOLLEYBALL CHAMPIONSHIP 2025 musobaqasida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqa yopilishi marosimi davomida barcha ishtirokchi jamoalar, murabbiylar va hakamlar sahnaga taklif etilib, faol ishtirok etgan jamoalar, eng yaxshi o‘yinchilar hamda hakamlar maxsus sertifikat va sovrinlar bilan taqdirlandilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
Eron — chempionat g‘olibi bo‘ldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston — kumush medal bilan taqdirlandi.
Qirg‘iziston — bronza medal sohibiga aylandi.
Turnir Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi sport aloqalarini yanada mustahkamlashga va yosh sportchilarning xalqaro tajriba orttirishiga xizmat qildi.