TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Saudiya Arabistonidagi O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida Ar-Riyod shahrida O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Saudiya Arabistoni podshohligi madaniyat vaziri Badir bin Abdulla bin Muhammad bin Farhan Al Saud o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida, ikki mamlakat o‘rtasida madaniyat va san’at sohasida hamkorlik yuzasidan hujjat imzolandi.
Shuningdek, ta’lim sohasida hamkorlik qilish hamda Saudiya Arabistonida saqlanayotgan Markaziy Osiyo tarixiga oid betakror va nodir qo‘lozmalarni o‘zbek tiliga tarjima qilish ishlarida hamkorlik masalalari muhokama etildi.