G‘azo bo‘yicha muzokaralar qachon va qayerda boshlanishi ma’lum bo‘ldi

AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff allaqachon Misrga yo‘l olgan.
Sputnik
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. G‘azodagi mojaroga barham berish bo‘yicha "Tramp rejasi"ning birinchi bosqichi ertaga 5-oktabr kuni Misrda boshlanadi. Bu haqda Isroilning N12 telekanali diplomatik manbaalarga tayanib xabar qilmoqda.
"Misrdagi muzokaralarda [strategik rejalashtirish] vaziri Ron Dermer Isroil delegatsiyasiga boshchilik qiladi. Muzokaralarning birinchi bosqichida garovga olinganlarni ozod qilish mexanizmini texnik muvofiqlashtirish, so‘ngra kelishuvning keyingi bosqichlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan", - deyiladi xabarda.
Agar kelishuv muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, Isroil harbiy harakatlarni davom ettirishi kutilmoqda. "Bizni dramatik hafta kutmoqda" deb izoh berdi Isroilning yuqori martabali mulozimi.
Juma kuni, XAMAS harakati G‘azodagi urushni to‘xtatish bo‘yicha "Tramp rejasi"ga o‘z javobini bergan edi. Unda XAMAS o‘t ochishni to‘xtatish evaziga barcha isroillik garovga olinganlarni ozod qilishga rozilik bildirgan edi.
29 sentabr kuni Oq uy Trampning G‘azo sektoridagi kelishuv bo‘yicha “keng qamrovli rejasi”ni e’lon qildi. Bu, jumladan, Falastin anklavida XAMAS ishtirokisiz vaqtinchalik tashqi boshqaruvni joriy etish va u yerda xalqaro barqarorlik kuchlarini joylashtirishni talab qiladi. Isroil rejaga roziligini e’lon qildi.
Tramp Isroilni G‘azo sektorida o‘t ochishni darhol to‘xtatishga chaqirdi