TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Janubiy Afrika Respublikasida (JAR) O‘zbekistonning tarixdagi birinchi elchisi faoliyatini boshladi. Ushbu lavozimga Ashraf Xo‘jayev tayinlandi. Bu haqda JAR prezidenti X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
“Prezident Janobi Oliylari Siril Ramafosa Pretoriyadagi Sefako Makgatho Prezident mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan ishonch yorliqlarini topshirish marosimida O‘zbekiston Respublikasi missiyasi rahbari, doktor Ashraf Xodjayevdan ishonch yorlig‘ini qabul qildi”, — deb yozgan Ramafosa.
Shu bilan ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik aloqalarda yangi bosqich boshlandi.
Bundan avval Ashraf Xo‘jayev O‘zbekistonning Qatardagi elchisi lavozimida faoliyat yuritgan.