TOShKENT, 3 okt — Sputnik. MDH Mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi havo hujumidan mudofaa masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning navbatdagi — 62-yig‘ilishi 2026-yil aprel oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, bunday qaror haqida Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita raisining o‘rinbosari, Havo-kosmik kuchlar Bosh qo‘mondonining qurol-yarog‘lar bo‘yicha o‘rinbosari general-polkovnik Yuriy Grexov qo‘mitaning 61-yig‘ilishida ma’lum qildi.
"O‘zbekistonlik hamkasblarimizning taklifiga binoan qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishini 2026-yil aprel oyida Toshkent shahrida o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz. Yig‘ilish ishtirokchilariga samarali ish uchun minnatdorchilik bildiraman", — dedi Yuriy Grexov.
Aytish joizki, bu yilgi yig‘ilish ilk bor Udmurtiyada o‘tkazilmoqda.