TOShKENT, 3 okt — Sputnik. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov suv tejovchi, mexanizatsiyalashgan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblangan “Valmont Irrigation” kompaniyasining MDH va Turkiya bo‘yicha tijorat direktori Sergey Stefanov rahbarligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.
️Muloqot markazida suv resurslaridan samarali foydalanish, zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish masalalari bo‘ldi. Bugun dunyo qishloq xo‘jaligi oldida turgan eng katta masalalardan biri – suv tanqisligi. O‘zbekiston uchun esa bu masala yanada dolzarb: suv qishloq xo‘jaligining nafaqat hosildorligi, balki hosil taqdirini ham belgilaydi.
Zamestitel ministra selskogo xozaystva vstretilsya s predstavitelyami Walmont Irrigation
© Press-slujba Ministerstva selskogo xozaystva
️“Valmont” vakillari o‘z takliflarini taqdim etdi. Ularning aytishicha, smart boshqaruv tizimlari, aqlli texnikalar yordamida endilikda fermer dalaning boshidan turib emas, istalgan nuqtadan turib sug‘orishni nazorat qilishi mumkin. Bu esa hosilni ko‘paytirish, resurslarni tejash va mehnat unumdorligini oshirishda muhim omil bo‘ladi.
Suhbat yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish, aniq loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha kelishib olishdi.