O‘zbekiston aeroportlari yangi ICAO kodiga o‘tdi: UT o‘rniga endi UZ ishlatiladi

Parvozlarning koordinatsiyasi, xavfsizligi va navigatsiyasi yangi bosqichga chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 3 okt – Sputnik. O‘zbekiston hududidagi barcha aeroportlar xalqaro ICAO kod tizimida yangi — UZ identifikatoriga o‘tdi. Bu haqda “O‘zaeronavigatsiya” markazi xabar berdi.
Endilikda mamlakat aeroportlarining kodlari avvalgidek UT bilan emas, UZ bilan boshlanadi. Masalan, Toshkent xalqaro aeroportining kodi UTTT o‘rniga UZTT bo‘ladi.
ICAO bu BMT huzuridagi Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti bo‘lib, u har bir mamlakat uchun o‘ziga xos aeroport kodlarini belgilaydi. Kodlar global aviatsiya tizimida aviatsion xavfsizlik, parvozlar koordinatsiyasi va navigatsiya uchun muhim texnik asoslardan biri hisoblanadi.
Shuningdek, mamlakat havo hududida yagona o‘tish balandligi va o‘tish esheloni ham joriy etildi:
Yagona o‘tish balandligi — 13 000 fut (taxminan 4 km)
O‘tish esheloni (FL) — FL150, ya’ni 15 000 fut (4,5 km)
Ilgari bu qiymatlar 6 000 va 8 000 fut edi.
“Bu o‘zgarishlar strategik ahamiyatga ega bo‘lib, uchuvchilar va dispetcherlar ishini yengillashtiradi, radiosessiyalar sonini kamaytiradi va havo harakatini boshqarishni yanada aniqlashtiradi”, — deyiladi rasmiy axborotda.
O‘zbekistondagi asosiy aeroportlarning kodlari

Aeroport

oldin

keyin

Toshkent (I.Karimov nomidagi)

UTTT

UZTT

Toshkent-Sharqiy

UTTR

UZTR

Samarqand

UTSS

UZSS

Buxoro

UTSB

UZSB

Termiz

UTST

UZST

Qarshi

UTSK

UZSK

Navoiy

UTSA

UZSA

Farg‘ona

UTFF

UZFF

Andijon

UTFA

UZFA

Namangan

UTFN

UZFN

Urganch

UTNU

UZNU

Nukus

UTNN

UZNN

Toshkentda yangi aeroport qurib bitkazildi