Jahon banki O‘zbekiston yer osti suvlari strategiyasini moliyalashtirishi mumkin

F.Xamidova Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashuvida 2025–2050 yillarga mo‘ljallangan yer osti suvlarini boshqarish strategiyasi va Jahon banki tomonidan moliyalashtirish masalalari ko‘rib chiqildi
Sputnik
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Jahon banki O‘zbekiston yer osti suvlari strategiyasini moliyalashtirishi mumkin.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Feruza Hamidova, vazirlikning ma’sul xodimlari hamda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida suv resurslari bo‘yicha amaliyoti menejeri Uinston Yu boshchiligidagi delegatsiya vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Jahon banki vakillari bilan yer osti suvlaridan oqilona foydalanish va ularni boshqarish mavzusi muhokama qilindi. Bu sohada Xitoy, Hindiston, Braziliya va Turkiya kabi mamlakatlarning tajribalari haqida ma’lumot berildi.
Zamministra gornodobivayushey promishlennosti i geologii F.Xamidova vstretilas s delegatsiyey VB
Jahon banki vakillari O‘zbekistonda yer osti suvlaridan foydalanishni nazorat qilish va tejash texnologiyalarini joriy qilish, shuningdek, 2025 – 2050-yillarga mo‘ljallangan yer osti suvlarini boshqarish va muhofaza qilish bo‘yicha Strategiya ishlab chiqish loyihasini amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, mazkur loyihalarni Jahon banki tomonidan moliyalashtirilishi hamda grant mablag‘larining ajratilishi yuzasidan tomonlar o‘rtasida fikr almashildi.
Yerosti suvini hisoblagichsiz olish taqiqlandi: faqat fuqarolarga 5 metr kubgacha ruxsat bor