Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Peskov: AQSh Ukrainaga Rossiya haqidagi razvedka ma’lumotlarini beradi, bu yangilik emas

Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, AQSh razvedka ma’lumotlarini muttasil ravishda Ukrainaga uzatib turibdi.
Sputnik
TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh tomonidan Ukrainaga uzatilayotgan razvedka ma’lumotlari haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
“Bu — ommaviy axborot vositalarining xabari. Biroq tajriba shuni ko‘rsatdiki, yo‘q joydan bu kabi xabarlar paydo bo‘lmaydi. AQSh Ukrainaga razvedka ma’lumotlarini doimiy, onlayn rejimda uzatadi”, – dedi u.
Peskov aynan qaysi razvedka ma’lumotlari uzatilayotgani haqida taxmin qilish mumkinligini qayd etgan.
Shuningdek, u NATO va AQShning butun infratuzilmasi Ukraina bilan ma’lumot almashuv va razvedka yig‘ish tizimlarida faol ishtirok etishi, bu inkor etib bo‘lmas haqiqat ekanligiga ham alohida to‘xtalgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putin Ukraina mojarosi sabablarini hal etishni taklif qilgan, biroq G‘arb rad etgan – Peskov