TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) transport vazirlarining 8-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov TDT bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar transport sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va TDTga a’zo davlatlar o‘rtasida barqaror o‘zaro bog‘langan transport tizimini yaratish muhimligini ta’kidlashdi.
Shuningdek, uchrashuvda 2025-yil 12-noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Transport vazirligi hamda Turkiy tilli davlatlar logistika markazlari va yuk tashuvchilari alyansi bilan hamkorlikda tashkil etiladigan Xalqaro multimodal tashuvlar forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuvda tomonlar turkiy tilli davlatlar transport idoralari o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish tarafdori ekanliklarini tasdiqladilar.