TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Isroil dengiz kuchlari Global Sumud flotiliyasi qarshi harakat qilib, G‘azoga yordam yetkazishni maqsad qilgan 13 ta kema va ulardagi xorijlik faollarni to‘xtatdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, kemalar taxminan 500 nafar kishini tashigani, jumladan, shved iqlim faoli Greta Tunberg ham ular orasida bo‘lgan. Gumanitar yordam jami 40 tan ziyod kemadan iborat bo‘lgan.
“Tashkilotchilar bayonotida kemalarning xalqaro suv yo‘llarida noqonuniy ravishda to‘xtatilib, tintuv o‘tkazilgani aytiladi. Isroil hukumati esa bunday harakatlarni milliy xavfsizlik bilan izohlab, yuklarni rasmiy kanallar orqali G‘azoga yuborish taklifini ilgari surgan”, – deyiladi xabarda.
Turkiya harakatni “terrorchilik” deb atagan, Kolumbiya esa ikki kolumbiyalik fuqaro hibsga olinganidan so‘ng Isroil diplomatik vakolatxonasini deportatsiya qilgani aytilmoqda.
Flotiliya qo‘lga olingandan keyin Italiya va Kolumbiyada norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Ommaviy ish tashlashlar ham e’lon qilindi.