O‘zbekiston va YeOII

YeOII davlatlari agrosanoat sohasida moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi

A’zo mamlakatlar tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar uchun kredit va qarzlar bo‘yicha foiz stavkalari YeOII budjeti hisobidan subsidiyalanadi.
Sputnik
TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zo davlatlarning agrosanoat majmuasida qo‘shma kooperatsion loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha umumiy yondashuvlar kelishib olindi.
Yangi mexanizmga ko‘ra, a’zo mamlakatlar tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar uchun kredit va qarzlar bo‘yicha foiz stavkalari YeOII budjeti hisobidan subsidiyalanadi. Bunda loyihaning muayan shartlariga rioya qilinishi talab etiladi.
V YeAES soglasovani podxodi po podderjke kooperatsionnix proyektov v APK
Ma’lum bo‘lishicha, bu yondashuv 2024-yildan beri sanoat sohasidagi kooperatsion loyihalar uchun amal qiladi. Endilikda agrosanoat majmuasi yo‘nalishi uchun ham moliyaviy rag‘batlantirish chorasi sifatida joriy etilgan.
Mazkur moliyaviy vosita orqali umumiy bozor imkoniyatlaridan foydalanish, tomonlarning texnologik va ishlab chiqarish salohiyatini safarbar etish hamda iqtisodiy sharoitlardan samarali foydalanish maqsad qilingan.

Eng istiqbolli yo‘nalishlar sifatida qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi va seleksiyasi, chorvachilik, mahsulotni chuqur qayta ishlash va qishloq xo‘jaligi sanoati majmuasida infratuzilmasini rivojlantirish qayd etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, belgilangan yondashuvlar asosida YeOII komissiyasi a’zo davlatlar bilan hamkorlikda kooperatsion loyihalarni tanlab olish tartibi va ularga moliyaviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha huquqiy asoslarni ishlab chiqishi ma’lum qilingan.
Eslatamiz, O‘zbekiston YeOII mamlakatlari bilan agrar sohada hamkorlik qilish dasturi loyihasini tayyorlagan. Mamlakat agrar sohadagi hamkorlikka ustuvor ahamiyat beradi, uni o‘zaro munosabatlarning strategik yo‘nalishi deb biladi.
O‘zbekiston va YeOII
Aripov YeOII davlatlariga yangi hamkorlik yo‘nalishlarini taklif etdi