O‘zbekistonda so‘nggi o‘n yilda o‘qituvchilar soni 43 foiz oshdi

O‘zbekistonda o‘qituvchilarning aksariyatini ayollar tashkil etadi.
Sputnik
TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshiga umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni 564,9 ming nafarni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2015/2016 o‘quv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 170,9 ming nafarga yoki 43,4 % ga ko‘p.
Shuningdek, o‘qituvchilarning 71 foizi yoki 401,3 ming nafarini ayollar, 29 foizi 163,6 ming nafarini erkaklar tashkil etadi.

Yillar mobaynida o‘qituvchilar soni oshishi:

2015/2016 o‘quv yili boshiga - 385 ming nafar;
2016/2017 o‘quv yili boshiga - 390,6 ming nafar;
2017/2018 o‘quv yili boshiga - 409,4 ming nafar;
2018/2019 o‘quv yili boshiga - 444,2 ming nafar;
2019/2020 o‘quv yili boshiga - 486,6 ming nafar;
2020/2021 o‘quv yili boshiga - 508 ming nafar;
2021/2022 o‘quv yili boshiga - 510 ming nafar;
2022/2023 o‘quv yili boshiga - 521,6 ming nafar;
2023/2024 o‘quv yili boshiga - 547,8 ming nafar;
2024/2025 o‘quv yili boshiga - 564,9 ming nafarni tashkil etgan.
O‘zbekistonda so‘nggi 5-yilda maktablar soni 6,5 foizga oshib 10 750 tani tashkil etgani haqida oldinroq xabar bergan edik.
So‘nggi 5-yilda maktablar soni qancha oshdi