TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Markaziy Osiyo davlatlarining suv va energetika sohasida hamkorligi mavzusida Toshkent-Ostona videokonferensiya bo‘lib o‘tadi.
Anjuman Sputnik matbuot markazida 2025-yil 2-oktabr Toshkent vaqti bilan 14:00 da boshlanadi. Unda quyidagi mutaxassislar ishtirok etadi.
Toshkentdan:
Andrey PETROV, O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari;
O‘tkur TOJIYeV, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti yetakchi ilmiy xodimi.
Ostonadan:
Doniyor SAGADIYeV, Qozog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vazirligi vakili.
2025 yil sentabr oyida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida suv-energetika sohasida hamkorlik bo‘yicha muhim protokol imzolangan edi. Hujjat tomonlarning mintaqada 2026-yilgacha suv-energetika balansini shakllantirish bo‘yicha kelishuvlarini rasmiylashtiradi.
Anjumanda muhokama qilinadigan mavzular
Bugungi kunda suv-energetika resurslari sohasidagi hamkorlik qanday tuzilgan, mintaqaning dolzarb muammolari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda qanday yangi istiqbol va yo‘nalishlar ochilmoqda?
Anjumanga jurnalistlar taklif etiladi
Anjumanga jurnalistlar taklif etiladi
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
+998971907178
️ Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri - Alisher Akimbayev.