TOShKENT, 30 sen – Sputnik. “O‘zatom” va “Rosatom” integratsiyalashgan atom elektr stansiyasini (AES) qurish loyihasini hisobga olgan holda O‘zbekiston atom tarmog‘i ehtiyojlari uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha izchil ishlarni davom ettiradi, deya xabar berdi "O‘zatom" matbuot xizmati.
Bunga Moskvada bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston atom tarmog‘i ehtiyojlari uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma ishchi guruhining majlisida kelishib olindi.
Majlisda “O‘zatom” agentligi direktori Azim Axmedxadjayev va “Rosatom” DK bosh direktorining xodimlar bo‘yicha o‘rinbosari Tatyana Terentyeva ishtirok etdi.
Tomonlar AES uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha mamlakat rejasining konfiguratsiyasini, jumladan, integratsiyalashgan AES uchun xodimlar tanlash, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash shartlari va choralarini muhokama qilishdi.
Otkritie peredovoy injenernoy shkoli na baze tashkentskogo filiala MIFI namecheno na oktabr 2025-go
© telegram sputnikuzbekistan
/ “Biz kadrlar tayyorlash sohasidagi muhim tashabbuslarni amalga oshirishga qaratilgan yanada yaqin hamkorlikning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqdamiz”, – dedi Azim Axmedxadjayev.
Terentyevaning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan birgalikda bitta maydonda — ikkita katta va ikkita kichik blokda noyob loyiha, kadrlar tayyorlash tizimini yaratish yaxshi ma’noda chiqiriqdir.
“Ishonchim komilki, O‘zbekistonda “2+2” loyihasi boshlanganidan so‘ng respublika o‘ziga xos maydonga aylanadi — sizlarga kelib, sizlardan ko‘plab yo‘nalishlarni o‘rganishadi. Va biz uchun, albatta, bu uzoq kutilgan jiddiy loyiha. G‘alabamizning umumiy natijasi shundan iboratki, biz hammamiz belgilangan muddat va doirada harakat qilaylik va O‘zbekiston yadro oilasining to‘laqonli a’zosiga aylansin”, - “Rosatom” bosh direktorining xodimlar bo‘yicha o‘rinbosari.
V Moskve sostoyalos zasedanie sovmestnoy rossiysko-uzbekistanskoy rabochey gruppi po podgotovke kadrov dlya nujd atomnoy otrasli Respubliki Uzbekistan.
© Press-slujba "Uzatom"
“MMFI” MTAU Toshkent filiali ijrochi direktori Shavkat Abdukamilovning so‘zlariga ko‘ra, filial negizidagi "Ilg‘or muhandislik maktabi"ni 2025-yil oktabrida ochish rejalashtirilgan.
Yil yakuniga qadar “Rosatom” ko‘magida radiatsiyaviy monitoring va dozimetriya ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi ochiladi. Ushbu maktabda o‘qish uchun 20 nafar eng yaxshi talaba tanlab olingan.
Bundan tashqari, kelgusi o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahridagi MMFIda yadro mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.
Qo‘shma ishchi guruh yig‘ilishida kvotalar oshirilishi rejalashtirilgan “Rosatom” obyektlarida ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari uchun amaliyot o‘tash haqida ham so‘z bordi. Amaliyot dasturi 2026-yilning birinchi choragida boshlanadi.
Ma’lum qilinishicha, o‘rta maxsus ma’lumotga ega AES uchun texnik xodimlarni tayyorlash dasturi Jizzax viloyati Forish tumanidagi politexnikum negizida ham ishlab chiqilmoqda.
Mavzuga oid xabarlar: