Isroil-Falastin mojarosi

Netanyaxu BMTdagi nutqi paytida "yakkalanib qoldi"

Davlatlar ichida sessiyaga umuman kelmaganlar va boykot e’lon qilganlar ham bor.
Sputnik
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasidagi chiqishi 77 ta davlat tomonidan e’tiborsiz qoldirildi. Bu haqda "Ynetnews" xabar berdi.
Unga ko‘ra, ayrim davlatlar vakillari umuman yig‘ilishda ishtirok etmagan bo‘lsa, ko‘pchiligi Netanyaxu so‘z boshlashi bilan zalni tark etgan.
Nutqni boykot qilgan davlatlar orasida Misr, Iordaniya, Livan, Suriya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Eron kabi davlatlar bor.
Isroil rasmiylariga ko‘ra, bu ommaviy e’tiborsizlik holati Tel-Avivning xalqaro maydondagi tobora murakkablashib borayotgan vaziyatini, xususan, G‘azo sektori atrofidagi qarama-qarshiliklar fonida yuzaga kelgan diplomatik tanglikni yana bir bor ko‘rsatib bergan.

Biroq Bahrayn va Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyalari Isroil bilan mavjud keskinlikka qaramay, zalda qolib, nutqni to‘liq tinglashgan. Bu holat ayrim kuzatuvchilar tomonidan diplomatik muvozanat saqlash harakati sifatida baholangani aytildi.

Eron esa buni “siyosiy yakkalik” deb izohlab, Ali Xomanaiy hatto o‘z ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida norozilik aks etgan materiallarni joylashtirgan.
Falastinning mustaqil davlat tuzish huquqi hurmat qilinishi shart — Mirziyoyev