Toshkent viloyatida ovqatdan zaharlangan bolalar ahvoli haqida ma’lumot berildi

Ahvoli o‘rtacha og‘irlikda deb baholangan 13 nafar bolaning ham holati ijobiy tomonga o‘zgargan – SSV
Sputnik
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Toshkent viloyatida ovqatdan zaharlangan bog‘cha bolalari ahvoli haqida rasmiy ma’lumot berildi.
Sanitar-epidemiologiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda kasalxonalarda davolanayotgan bolalar soni 182 nafargacha qisqargan. Avvalroq qayd etilgan 13 nafar bolaning o‘rtacha og‘irlikdagi ahvoli esa to‘liq yaxshilangani aytilmoqda.

"Bolalarga qo‘yilgan o‘tkir gastroenterit tashxisi 2-3 kun davom etadigan kasalliklar toifasiga kiradi. Uni davolash hozirda ijobiy dinamika kasb etgan”, – deydi Nurmat Atabekov.

Eslatib o‘tamiz, shanba kuni berilgan ma’lumotda Sanitar-epidemiologiya qo‘mitasi jami 694 nafar bog‘cha bolalari kasalxonalarda davolanayotgani hamda 269 nafar bemor sog‘aygach uyiga javob olgani haqida ma’lum qilgan edi.
Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda bolalar ovqatdan ommaviy zaharlandi