TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Yermek Kosherbayev tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
"Davlat rahbarining farmoni bilan Yermek Bedelbayevich Kosherbayev Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi, u avvalgi lavozimidan ozod etildi", - deyiladi xabarda.
Yermek Kosherbayev bosh vazir o‘rinbosari lavozimida 2025-yil fevralidan beri ishlab kelayotgan edi. Bungacha u Sharqiy Qozog‘iston hokimi, Qozog‘istonning Rossiyadagi elchisi, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlab kelgan Murat Nurtleu lavozimidan ozod etilib, prezidentning xalqaro investitsiya va savdo hamkorligi bo‘yicha yordamchisi etib tayinlandi.