O‘zbekiston va Qirg‘iziston terrorizm va jinoyatchilikka qarshi hamkorlikni kuchaytiradi

Jalolobod shahrida ikki davlat huquqni muhofaza qiluvchi organlari ekstremizm, terrorizm va kiberjinoyatchilikka qarshi hamkorlikni kuchaytirishni muhokama qildi
Sputnik
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. 25-26 sentabr kunlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston Idoralararo hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhining ikki davlatning chegaraoldi ichki ishlar organlari rahbarlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Qirg‘izistoning Jalolobod shahrida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda ikki davlat ichki ishlar vazirlarining o‘rinbosarlari boshchiligida, sohaviy xizmat rahbarlari hamda chegaraoldi viloyatlarning ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari ishtirokidagi delegatsiyalar qatnashdi.

Yig‘ilishda tomonlar hamkorlikda jinoyatchilikning oldini olish, jumladan, ekstremizm, terrorizm, noqonuniy migratsiya, narkotik moddalar aylanmasi va kiberjinoyatchilikka qarshi kurash chora-tadbirlarini muhokama qilindi.

Sostoyalos zasedanie rabochey gruppi po koordinatsii mejvedomstvennogo sotrudnichestva dvux stran
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va tajriba bo‘lishuvini samaradorligini oshirish, shuningdek, axborot almashinuvini faollashtirish yuzasidan kelishib oldilar.
Tadbir natijalari O‘zbekiston va Qirg‘iziston huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, chegaraoldi hududlarda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan yana bir muhim qadam bo‘ldi.
Qiymati 6 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dorilar kontrabandasiga chek qo‘yildi