O‘zbekiston va YeOII

YeIK huquqiy asoslarni isloh qilish ustida ishlamoqda

Komissiya tomonidan huquqiy normativ hujjatlardan tashqari ishchi guruh tarkibi masalasini ham ko‘rib chiqildi.
Sputnik
TOShKENT, 26 sen – Sputnik. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bitimlarining huquqiy jihatlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan majlis o‘tkazildi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komisssiyasi (YeIK) matbuot ximzati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning ikkinchi yarmida tashkilotda muhim normativ o‘zgarishlar kiritilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ular quyidagi yo‘nalishlarga taalluqlidir:
texnik reglamentlar va standartar tizimi;
raqobat qonunchiligi;
davlat xaridlari tartibi;
bitimga qo‘shimcha “Protokollar” asosida keladigan normativ o‘zgartirishlar.
Shuningdek, komissiya bitimga a’zo davlatlarda huquqiy va kadrlar bilan bog‘liq yangilanishlar sabab, ishchi guruh tarkibini ham qayta ko‘rib chiqmoqchi ekanligini bildirdi.
Majlis raisi – YeIKning integratsiya va makroiqtisodiyot bo‘yicha vaziri Daniyar Imanaliyev 2014-yilgi YeOII bitimi talablarining yangilanishi zarurligi alohida qayd etgan.
Ma’lumot uchun: Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruhi 2016-yilda tashkil etilgan. Ushbu guruh Ittifoq davlatlari va Komissiyaning shartnomaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarini ko‘rib chiqish, uning qoidalarini takomillashtirish bo‘yicha tashabbuslarni ishlab chiqish va uni o‘zgartirish to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash maqsadida tuzilgan.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII va O‘zbekiston ekspertlari yagona birja narx indikatori tizimini yaratmoqda