TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston va Ozarbayjon Mudofaa vazirliklari o‘rtasida qo‘shma komandir-shtab mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Ushbu mashg‘ulotlar Qurolli kuchlarning modellashtirish va simulyatsiya bo‘yicha o‘quv-tadqiqot markazida tashkil etilgan bo‘lib, ular kompyuter dasturlari yordamida olib borilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, mashg‘ulotlar “Noqonuniy qurolli tuzilmalarni aniqlash, ularni izolyatsiya qilish va zararsizlantirish” mavzusida o‘tkazilmoqda hamda ikki bosqichni o‘z ichiga oladi.
harbiylar operatsiyani rejalashtirish bo‘yicha amaliy harakatlarni bajarish;
maxsus simulyatsiya dasturlari yordamida amaliy harakatlarni tajribada qo‘llash.
Mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni mustahkamlash, harbiy xizmatchilar o‘rtasida o‘zaro muvofiqlikni oshirish hamda tajriba almashishni yo‘lga qo‘yishdan iborat”, – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 10-oktabr kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda MDH davlatlari 2025–2030 yillarga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik konsepsiyasini tasdiqlashi rejalashtirilgan. Ushbu hujjat mudofaa sohasidagi qo‘shma tizimlar, xavfsizlikni mustahkamlash va qurolli kuchlar integratsiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan.