Qirg‘iziston parlamenti Markaziy Osiyo va Xitoy do‘stlik shartnomasini ma’qulladi

Shartnomada davlatlar o‘zaro munosabatlarni teng huquqlilik, kuch ishlatmaslik, ichki ishlarga aralashmaslik va suverenitetni hurmat qilish asosida rivojlantirishi belgilab qo‘yilgan
Sputnik
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Qirg‘iziston Jogorgu Keneshi "Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida abadiy yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi" qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda mamlakat parlamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Shartnomada iqtisodiyot, investitsiyalar, transport va energetika, ta’lim, madaniyat va sog‘liqni saqlashgacha bo‘lgan hamkorlikni belgilaydi. Atrof-muhitni muhofaza qilish, turizm va sportni rivojlantirish sohalarida hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan.
Hujjatda xavfsizlik masalalariga alohida o‘rin berilgan bo‘lib, terrorizm, ekstremizm, separatizm va transmilliy jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish hamda xalqaro tashkilotlarda, jumladan BMTda harakatlarni muvofiqlashtirish nazarda tutilgan.
Shartnoma 2025-yil 17-iyun kuni Ostona shahrida "Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammiti doirasida imzolangan.
Tojikiston MOda do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi