BAA kompaniyasi oziq-ovqat va suv xavfsizligini tekshirishda yordam beradi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik qo‘mitasi "M42" kompaniyasi bilan oziq-ovqat va suv xavfsizligini tekshirish imkoniyatlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Sputnik
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi rahbariyati Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) “M42” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari va suvni xavfsizlik ko‘rsatkichga tekshirish imkoniyatlarini rivojlantirish, amalga oshirish va boshqarish bo‘yicha strategik hamkorlik to‘g‘risida kelishuvni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
️Qo‘mita raisi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov ta’kidlaganidek, loyiha ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Kelishuv mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari va suvni xavfsizlik ko‘rsatkichiga tekshirish imkoniyatlarini kengaytirish bilan birga aholi salomatligini saqlashni rivojlantirish imkonini beradi.
Ma’lumot uchun: "M42" — Abu-Dabida joylashgan yirik sog‘liqni saqlash texnologiya kompaniyasi bo‘lib, uning faoliyati sun’iy intellekt (AI), genomika, biobanklar va klinik yechimlarga yo‘naltirilgan.
Joriy yil yanvar oyida, rasmiy tashrif chog‘ida prezident Shavkat Mirziyoyev BAAda M42 rahbarlari bilan uchrashib, genomikada hamkorlikni kengaytirish masalasini muhokama qilgan.
M42 va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasida “O‘zbek genom dasturi” bo‘yicha memorandum tuzilgan. O‘shbu hamkorlik genomika, diagnostika, skrining, ilmiy kadrlarni tayyorlash va texnologiyalarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda bolalar ovqatdan ommaviy zaharlandi