TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro yig‘ilishda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo davlatlar va O‘zbekiston ekspertlari birja narx indikatsiyasi tizimini yaratish va uni yagona metodologiya asosida hisoblash masalalari muhokama qilishdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbirda xalqaro birja narx indikatorlari tizimini shakllantirish bo‘yicha bir qator muhim jihatlar keng muhokama qilingan:
narx indikatorlarini hisoblash usullari;
tegishli tovar turlari ro‘yxati;
milliy metodologiyalarning o‘zaro tan olinishi;
ma’lumotlarni e’lon qilish formati.
Sankt-Peterburg birjasi boshqaruv direktori Vladlena Rubsovaning ta’kidlashicha, ushbu loyiha doirasida ishtirokchi birjalar real bitimlarga asoslangan katta hajmdagi ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lishadi. Bu nafaqat birja savdolari, balki birja tashqarisidagi operatsiyalar haqida ham to‘liq tasavvur beradi.
Majlis davomida YeOII va O‘zbekiston ekspertlari o‘rtasidagi bu hamkorlik, istiqbolda, mintaqaviy narx shaffofligini oshirish, birja savdolarining xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash hamda davlat tartibga solishida narx indikatorlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish imkonini berishi haqida alohida e’tirof etilgan.
Eksperti stran YeAES i Uzbekistana opredelili konturi yedinoy sistemi birjevix indikatorov
© Foto : Belorusskaya universalnaya torgovaya birja
Loyiha doirasidagi kelgusi uchrashuvlarda indikatorlar turlari, ma’lumotlar bazalarining integratsiyasi va umumiy axborot platformasini ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.