TOShKENT, 24 sen – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina mojarosining dastlabki sabablarini hal qilishni bir necha bor taklif qilgan, ammo AQSh va Yevropa qat’iy salbiy javob bergan. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Putin bir necha bor Ukraina mojarosining dastlabki sabablarini hal etishga uringan va taklif qilgan. U buni amerikaliklarga ham taklf qilgan – Bayden ma’muriyatigacha, ha, Jo Baydenga qadar – u hal qilishni Barak Obamaga ham taklif qilgandi. Bu 2007-yil ekanini eslaymiz. Hammaga, butun dunyoga taklif qilingandi. Biroq biz amerikaliklar tomonidan bu mavzuda suhbatlashish borasida keskin javoblarni eshitganmiz”, - dedi Peskov RBK bilan suhbatda.
Kreml vakili Yevropa ham qat’iy pozitsiyani egallagani va Rossiyaga u “Yevropa xavfsizligi masalalariga burnini suqmasligi shartligi, yevropaliklar o‘zi hal qilishini” aytishganini eslatdi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibining ta’kidlashishicha, bu “bo‘linmas xavfsizlik tamoyiliga mutlaqo zid”.