TOShKENT, 24 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining sessiyasi doirasida bir nechta davlat rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Koreya Respublikasi prezidenti Li Chje Mon bilan uchrashuvda O‘zbekiston-Koreya alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Koreya kompaniyalarining O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari hajmi 8 milliard dollardan oshdi.
O‘zbekitonda Koreya yetakchi oliy ta’lim muassasalarining 4 ta filiali, mamlakatimiz hududlarida professional ta’lim markazlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi, Koreya Eksimbanki va uning fondlari bilan ko‘p yillar davomida samarali sheriklik qilib kelinayotgani, loyihalarning umumiy portfeli 3,5 milliard dollarga yetganiga yuksak baho berildi.
Muhim xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, kimyo, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, transport, aviatsiya, biotexnologiyalar va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi loyihalarni ilgari surishni nazarda tutadigan yangi uzoq muddatli Texnologiya va sanoat sherikligi dasturini tayyorlash yuzasidan kelishuvga erishildi.
Shu ma’noda, Hukumatlararo komissiyaning bo‘lajak yig‘ilishini samarali qilib o‘tkazish muhimligi qayd etildi.
Mintaqaviy, shu jumladan "Markaziy Osiyo - Koreya Respublikasi" formatida hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida davlat rahbari Koreya prezidentini davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Albaniya prezidenti Bayram Begay bilan muzokara o‘tkazdi.
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s radom glav gosudarstv
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ikki tomonlama munosabatlarni, shu jumladan siyosiy muloqot va iqtisodiy hamkorlik mexanizmlarini yaratish orqali sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga o‘zaro qiziqish bildirildi.
Savdo va investitsiya sohalaridagi hamkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, agrar va oziq-ovqat sanoati, transport va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
Yetakchilar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
Bundan tashqari, prezident Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s radom glav gosudarstv
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Joriy yil avgust oyida O‘zbekistonga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni ijrosi muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Iordaniyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan chora-tadbirlar ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.
Prezident Mirziyoyev Chexiya prezidenti Petr Pavel bilan ham qisqa uchrashuv o‘tkazdi.
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s radom glav gosudarstv
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, transport, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiyani rivojlantirish bo‘yicha aniq loyihalar muhokama qilindi.
Idoralararo aloqalarni faol davom ettirishga kelishib olindi.