“SHARE Uzbekistan” Toshkentda dunyoning yetakchi arxitektorlarini jamladi

Xalqaro tadbirda 15 mamlakatdan 30 dan ortiq yetakchi me’mor va mutaxassislar ishtirok etmoqda
Sputnik
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor “SHARE Uzbekistan” xalqaro me’morchilik va shaharsozlik forumi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda 15 mamlakatdan mutaxassislar ishtirok etmoqda. Xususan, Daniyadagi ““Bjarke Ingels Group”, Buyuk Britaniyadagi “Zaha Hadid Architects”, Fransiyadagi “XTU Architects”, Xitoydagi “MAD Architects” kabi dunyoga mashhur me’morchilik burolari delegatsiyalari qatnashmoqda.
Forumning birinchi kuni urbanizatsiya, jamoat binolari va “Yangi Toshkent” loyihasi bo‘yicha sessiyalar bilan davom etmoqda. Shuningdek, “Pargram Studio”, “AlmatyGenPlan” va “New London Architecture” kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ham o‘z tajribalari xususida taqdimot o‘tkazmoqdalar.
- Bizni O‘zbekistonda – “SHARE” Forumini boshlash juda ilhomlantirmoqda. Ishonchim komilki, dunyoga mashhur me’moriy amaliyotlarning ishtiroki mahalliy o‘ziga xoslikni chuqur anglash bilan uyg‘unlashganda, zamonaviylik va an’ana barqaror kelajak yo‘lida birgalikda xizmat qiladigan loyihalarni yaratadi,” – dedi “SHARE Architects” asoschisi Florin Mindirijiu.
Mazkur tadbir O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan shaharsozlik islohotlarini jahon me’morchiligi tajribasi bilan uyg‘unlashtirish, ilg‘or texnologiyalar va innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur xalqaro tarmoq qariyb 30-yildan buyon Yevropa va Kavkaz mintaqasida yirik forumlar o‘tkazib kelmoqda. Poytaxtda o‘tkazilayotgan ushbu tadbir esa platformaning Markaziy Osiyodagi ilk tashabbusi hisoblanadi.
Startoval mejdunarodniy forum arxitekturi i gradostroitelstva "SHARE Uzbekistan"