"Saxarovo"da O‘zbekiston fuqarolari uchun alohida maslahat oynasi ochilishi mumkin

Bu haqda O‘zbekiston ishchi guruhining Migratsiya markaziga tashrifi chog‘idi kelishib olindi.
Sputnik
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari va Migratsiya agentligining vakolatxonasi xodimlari Moskvadagi "Saxarovo" ko‘p funksiyali migratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" axborot agentligi.

Tashrif davomida Markaz ichida O‘zbekiston fuqarolari uchun alohida maslahat oynasini tashkil etish, rus va o‘zbek tillarida qonunchilikka doir materiallarni joylashtirish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda shuningdek, Migratsiya markazi mas’ullari bugungi kunda Moskva shahri va viloyatida majburiy bo‘lgan "Amina" mobil ilovasining mazmun-mohiyatini to‘liq tushuntirish maqsadida maxsus maslahat oynalari tashkil etib, 100dan ortiq maslahatchi xodimlar jalb etilgani ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida Migratsiya markazi rahbariyati bilan O‘zbekiston fuqarolari uchun talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish oynalari ochish va migratsiya sohasida ikki tomonlama hamkorliklarni yanada rivojlantirishga kelishib olindi.
"Saxarovo" ko‘p funksiyali migratsiya markazi tomonidan bir kunda 30dan ortiq xorijiy davlatdan kelgan 3 mingdan ziyod fuqarolarga xizmat ko‘rsatiladi.