TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Farg‘ona viloyatining hokim o‘rinbosari Akmal Po‘latov rahbarligidagi delegatsiya Penza shahriga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Tashrif doirasida tomonlar savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarni kengaytirish, shu jumladan yangi hamkorlik bitimi tuzish rejalarini muhokama qilmoqda.
"Sovet davridan beri do‘st bo‘lib kelayotgan O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati bilan hamkorlikka yangi turtki bermoqchimiz. Toshkent, Andijon, Buxoro va Samarqanddan so‘ng, endi yana bir hudud bilan yangi hamkorlik bitimini imzolash niyatdamiz", — deb yozdi Melnichenko o‘z Telegram-kanalida.
Uning ta’kidlashicha, Farg‘ona viloyati sanoat hudud hisoblanadi, shuning uchun tomonlar sanoat mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqarish, shuningdek, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, Penza do‘konlariga mavsumiy sabzavot va mevalarni yetkazib berishdan o‘zaro manfaatdor.
"Mebel ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilish taklif etildi — biz uni O‘zbekistondagi yangi uy-joylar uchun yetkazib berishga tayyormiz. O‘zbekiston aholisi tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda, Farg‘ona viloyati aholisining 60 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi.Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga, shuningdek, ijodiy jamoalar gastrollari almashinuviga tayyormiz. Penza viloyati yangi loyihalar uchun ochiq. Ularning amalga oshirilishi, shubhasiz, hududlarimiz o‘rtasidagi azaliy do‘stlikni mustahkamlaydi," - deya ta’kidladi viloyat rahbari.
Delegatsiya Ferganskoy oblasti pribila s vizitom v Penzu
© Telegram kanal Gubernatora Penzenskoy oblasti
Melnichenko Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarovni Penza shahriga taklif qildi.
Aniqlik kiritilishicha, Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Penza shahriga tashrifi doirasida sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyati bilan tanishadi, shuningdek, Penza oliy o‘quv yurtlari talabalari bo‘lgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazadi. Hozirda Penzada 50 nafar O‘zbekiston fuqarosi oliy ma’lumot olmoqda.