O‘zbekiston XIV Moskva xalqaro kinofestivalida ishtirok etmoqda

36 ta mamlakatdan 800 tadan ortiq ariza kelib tushgan XIV “Budem jit” kinofestivalida tanlov dasturiga 9 ta mamlakat qatorida O‘zbekiston filmi ham kiritildi
Sputnik
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. "Oktabr" kino markazida "Budem jit" XIV Moskva xalqaro kinofestivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
2025 yilda festival Vatan himoyachilari yili va Buyuk G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, 28-sentabrgacha davom etadi.

Kinoko‘rik dasturiga zamonaviy rus va xorij rejissorlarining asarlari kiritilgan. Festivalda ishtirok etish uchun 36 mamlakatdan 800 dan ortiq ariza kelib tushdi, ulardan tanlov dasturiga 9 mamlakat, jumladan, Rossiya, O‘zbekiston, Hindiston, Qozog‘iston, Bolgariya, Armaniston, AQSh va Xitoydan 39 ta film tanlab olindi.

Kino namoyishining asosiy mavzusi motivatsion kino bo‘ldi. Festival tadbirlari "Oktabr," "Sinema Park Mosfilm" kinoteatrlari, "Eldar" kinomarkazi, S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti, Kichik Ordinkadagi teatr va Zamonaviy san’at instituti art-markazida bo‘lib o‘tadi.
"Maxtumquli Firog‘iy" Qozon kinofestivalida maxsus sovrin oldi