Respublika onkologiya va radiologiya markaziga yangi direktor tayinlandi

Turkiyalik mutaxassisga onkologiya xizmatini jahon standartlari darajasiga olib chiqish vazifasi yuklandi.
Sputnik
TOShKENT, 20 – Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Kaya Sedat Respublika ixtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori etib tayinlandi.

Yangi direktorga eng so‘nggi tashxis va davolash usullarini amaliyotga joriy etish, joylarda skrining tadbirlarini kengaytirish, sun’iy intellekt va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, raqamlashtirish va shaffoflikni ta’minlash, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash kabi mas’uliyatli vazifalar topshirilgan.

Kaya Sedat 2011–2018 yillarda Sakaraya universitetining klinik shifoxonasi va Sakaraya davlat shifoxonalari ittifoqida turli lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, u Sakaraya sog‘liqni saqlash boshqarmasida vitse-prezident va rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Shavkat Mirziyoyev 19-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan, tibbiyot sohasini rivojlantirishga qaratilgan yig‘ilishda respublika ixtisoslashtirilgan klinikalari faoliyatini qayta ko‘rib chiqib, ularning boshqaruviga zamonaviy, professional menejerlarni jalb qilish taklifi bildirilgan edi.
Prezident tibbiyotni rivojlantirishning yangi choralari bilan tanishdi